12:00 / 26.01.2025
1 634

Oʻzbekistonda “Ona maskani” xizmati yoʻlga qoʻyiladi

Oʻzbekistonda “Ona maskani” xizmati yoʻlga qoʻyiladi
Foto: ozodlik.org
2025 yil 1 fevraldan Oʻzbekistonda “Ona maskani” xizmati yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda prezidentning 2024 yil 14 noyabrda qabul qilingan PF-185-sonli farmonida belgilab qoʻyilgan.

Qonunchilikka ogʻir hayotiy vaziyatda va yaqin qarindoshlari koʻmagisiz qolgani uchun farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi boʻlgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yoʻlga qoʻyiladi.

“Onalar maskani”da:
  • ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar va ularning bolalari (4 yoshga toʻlmagan) 1 yilgacha boʻlgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta'minlanadi;
  • ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi, ularda onalik va kasbiy koʻnikmalar shakllantiriladi;
  • “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini ta'minlashga koʻmaklashadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston