16:19 / 29.01.2025
602

Oʻzbekistonda 30 yanvar kuni ayrim joylarda qor yogʻishi mumkin

Oʻzbekistonda 30 yanvar kuni ayrim joylarda qor yogʻishi mumkin
“Oʻzgidromet” 30 yanvar, payshanba kuni uchun ob-havo prognozini e'lon qildi. Unga koʻra, harorat bundan bir kun avvalgi koʻrsatkichga nisbatan pasayadi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, bir oz qor yogʻishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkun. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba'zi joylarda bir oz qor yogʻishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda bir oz qor yogʻishi mumkun. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo bir oz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻladi.

Prognozlarga koʻra, 29—31 yanvarda sovuq havo massalari Oʻzbekistonning shimoliy hududlaridan butun respublika hududiga tarqala boshlaydi, havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuqqacha, shimoliy hududlar ba'zi joylarida 8 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliqqacha pasayadi. Vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻlib, asosan, qor shaklida yogʻadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston