Prezident tomonidan «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun imzolandi.
JPKga tergov sudyasini vakolatlarini belgilovchi qoʻshimchalar kiritilmoqda. Xususan, tergov sudyasining vakolatlari jumlasiga:
- qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish;
- qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish;
- ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatgacha uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish;
- pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish;
- ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish;
- ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish;
- murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish;
- pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish;
- prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da'vogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlash toʻgʻrisidagi iltimosnomalarini koʻrib chiqish;
- tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish;
- telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish;
- mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish kiradi.
Shuningdek, tergov sudyasining vakolat doirasiga kiritilgan ishlarni koʻrib chiqish tartibi belgilanmoqda.
Xususan, tintuv oʻtkazish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi va uni oʻtkazish asoslarini bayon qiladi.
Prokuror iltimosnomaning asosliligini tekshirib, qarorni sudga yuboradi.
Tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Mazkur sudning sudyasi yoʻqligida yoxud uning iltimosnomani koʻrib chiqishda ishtirok etishini istisno etadigan holatlar mavjud boʻlganda - Qoraqalpogʻiston sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e'tiboran 8 soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Sud majlisida prokuror, zarur hollarda tergovchi, surishtiruvchi ishtirok etadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar