21:29 / 01.02.2025
131

1 fevraldan qonunchilikda nimalar oʻzgaradi?

1 fevraldan qonunchilikda nimalar oʻzgaradi?

2025 yil 1 fevraldan ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish masalalari boʻyicha Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot-ma'lumotnoma xizmatlarini koʻrsatuvchi «1070» qisqa raqamli va tunu-kun faoliyat koʻrsatadigan xizmati («Ishonch telefoni») faoliyati test rejimida yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha «Ishonch telefoni» orqali bepul SMS-xabarnoma yuborish tartibi joriy etiladi. Bunda yuboriladigan SMS-xabarnomalar ijtimoiy axborot hisoblanadi.

Bundan tashqari, fuqarolar bilan ularning ijtimoiy himoyaga doir huquqlarini amalga oshirish va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan doimiy va manzilli muloqot oʻrnatiladi.

2025 yil 1 fevraldan, shuningdek:

  • Ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar uchun «Onalar maskani» xizmati yoʻlga qoʻyiladi.
  • 30 yoshga toʻlgan fuqarolarga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat beriladi.
  • Ayrim chet el yuridik shaxslari foyda soligʻidan ozod etiladi.
  • Ayrim jismoniy shaxslar daromad hamda foyda soligʻini 5 foiz stavkada toʻlaydi.
  • Tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi vasiylik va homiylik komissiyalari faoliyati tugatiladi.
  • Ishsiz aholi va kambagʻal oilalar a'zolari talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitiladi.
  • Kasbga oʻqitilayotgan kambagʻal oilalarning ishsiz a'zolariga stipendiya toʻlanadi.
  • Ijtimoiy karta orqali spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari uchun toʻlovni amalga oshirish taqiqlanadi.
  • Davlat bogʻchalarida xodimlarning davomati «Bolalar bogʻchasi» AT orqali yuritiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston