Foto: Prezident matbuot xizmati.
3 fevral kuni Oʻzbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Mudofaa vazirining qoʻshinlar jangovar shayligi va qobiliyatini oshirish, qism va boʻlinmalarni har tomonlama tayyorlash, ularni zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnika bilan ta'minlash, shuningdek, Oʻzbekiston Mudofaa sanoati agentligi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisoboti tinglandi.
Mamlakat rahbariyati tomonidan armiyaning jangovar salohiyatini va shaxsiy tarkibning ma'naviy-ruhiy holatini har tomonlama mustahkamlash, qurol-yarogʻ va harbiy texnikani modernizatsiya qilish, shuningdek, mudofaa sanoati korxonalarini rivojlantirish borasidagi ishlarni davom ettirish muhimligi ta'kidlandi.
Jangovar va tezkor tayyorgarlik tadbirlarini jadallashtirish, harbiy korxonalarning ofitser kadrlari va muhandis-texnik tarkibini professional oʻqitish tizimini takomillashtirish zarurligi ta'kidlandi.
Yigʻilish yakunida davlatimiz rahbari Qurolli Kuchlarni yanada rivojlantirish va mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash boʻyicha topshiriqlar berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar