Rossiyaning yirik kompaniyalariga 7000 nafar oʻzbekistonlik ishga joylashtiriladi

Rossiyaning yirik kompaniyalariga 7000 nafar oʻzbekistonlik ishga joylashtiriladi
Foto: Migratsiya agentligi
Oʻzbekiston hukumati huzuridagi Migratsiya agentligi vatandoshlarni tashkiliy tarzda ishga joylashtirish boʻyicha bir qator Rossiya kompaniyalari bilan shartnomalar imzoladi.

Agentlik direktori Behzod Musayev Moskvaga xizmat safari davomida Rossiyada faoliyat yuritayotgan 20 ga yaqin kompaniya rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Rossiyaning yirik kompaniyalariga 7000 nafar oʻzbekistonlik ishga joylashtiriladi
Muloqot tomonlar uchun samarali kechdi. Yakunda Ant Yapi, Ozon Community, PEK va SPAR Middle Volga kompaniyalari bilan 7000 nafar hamyurtimizni mazkur kompaniyalarga tashkiliy tarzda ishga joylashtirish boʻyicha hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Ulardagi sharoit, oylik maoshlar oʻrganilgan. Nomzodlarni saralash tadbirlari Oʻzbekiston hududlarida fevral oyida boʻlib oʻtadi.
Rossiyaning yirik kompaniyalariga 7000 nafar oʻzbekistonlik ishga joylashtiriladi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar