15:37 / 27.02.2025
88

Diniy sohadagi davlat siyosatining asosiy vazifalari belgilandi

Diniy sohadagi davlat siyosatining asosiy vazifalari belgilandi
“O‘zbekistonda fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Konsepsiyaga ko‘ra, O‘zbekistonda diniy sohadagi davlat siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat, jumladan:
  • jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, fuqarolarning erkinligini va qonun oldida tengligini ta’minlash hamda konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;
  • ko‘p millatli va ko‘pkonfessiyali O‘zbekiston xalqining birligi va birdamligini, urf-odatlariga nisbatan hurmat ruhini mustahkamlash, ularning rivojlanishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish;
  • fuqarolarning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi uchun teng huquqiy shart-sharoitlar yaratish;
  • fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘ymagan holda, ularning vijdon erkinligiga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • davlat o‘zining ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishida konstitutsiyaviy normalarga muvofiq dunyoviylikka tayanish;
  • jamiyatda diniy bag‘rikenglik va qonuniylikni qaror toptirish borasida fuqarolarning faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirish.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston