date
views 244

Yashash guvohnomasi, QQS qaytarilishi va shakar solig‘i: yangi prezident farmoni nima olib keladi?

Yashash guvohnomasi, QQS qaytarilishi va shakar solig‘i: yangi prezident farmoni nima olib keladi?
Prezident tomonidan “Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi muhim farmon imzolandi.

200 ming dollar — yashash guvohnomasi

2025 yil 1 iyundan:
- Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslar.
- 200 ming dollar va har bir oila a’zosi uchun 100 ming dollar to‘lov evaziga.
- 5 yil muddatga yashash guvohnomasini soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkin bo‘ladi.

Shakar aksizisiz!

2025 yil 1 oktyabrdan:
- Qo‘shimcha moddalarsiz (rang, xushbo‘ylik) oq shakar uchun.
- Aksiz solig‘i bekor qilinadi.

20 nafardan ortiq ishchisi bo‘lgan yur. shaxslarga yengillik

Yuridik shaxslarga (20 va undan ortiq ishchi bilan):
- Mol-mulk, yer solig‘i va ijara to‘lovlarini.
- 2025 yil 15 iyul va 1 dekabr kunlari bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

QQS qaytarish: umumiy ovqatlanish uchun yangi shart

QQSning bir qismini qaytarish uchun:
- Tadbirkorning daromadi kamida 80% umumiy ovqatlanish faoliyatidan bo‘lishi kerak.
- Ya’ni, bu sohada asosiy faoliyat shart sifatida belgilandi.

Sanoatda ekologik nazorat — muddatlar uzaytirildi

Atrof-muhitga ta’sirni monitoring qilish va tozalash uskunalari joriy etish:
- I toifadagi korxonalar uchun — 2026 yil 1 yanvargacha.
- II toifadagi korxonalar uchun — 2026 yil 1 iyulgacha uzaytirildi.

Uskunalar:
- Avtomatik monitoring stansiyasi.
- Chang-gaz tozalash uskunalari.
- Lokal suv tozalash inshootlari.
- Statsionar kuzatuv postlari.

Siz nima deb o‘ylaysiz: yangi farmon iqtisodiy faollik va sarmoyalar uchun qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yashash guvohnomasi, QQS qaytarilishi va shakar solig‘i: yangi prezident farmoni nima olib keladi?