
Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida viloyat asalarichilik ishlab chiqarish o‘quv markazi foydalanishga topshirildi, deya yozmoqda Uz24.uz sayti.
Viloyat asalarichilar uyushmasi qoshida tashkil etilgan ishlab chiqarish o‘quv markazida barcha sharoit yaratilgan. Markazda ilmiy-tekshiruv laboratoriyasi, trening zallari, ixtisoslashtirilgan kutubxona, elektron arxiv bazasi, shuningdek, asalni qayta ishlash va qadoqlash sexi, tikuvchilik, mum-parda, asbob-uskuna va asalari uyasi ishlab chiqarish sexlari faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, asalarichilikda naslchilik laboratoriyasi, qariyb 2 gektar eksperimental bog‘ va asal beruvchi o‘simliklarni etishtirishga mo‘ljallangan ekin maydoni tashkil etilgan.
Zamonaviy dastgoh va uskunalar bilan jihozlangan yangi markaz sohani yanada rivojlantirish, yosh mutaxassislarning kollejlarda olgan bilimini amaliyotda mustahkamlashga xizmat qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar