14:56 / 22.11.2016
9 363

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 26 sentyabrdagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish Qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Uz24.uz xabar qiladi.

Talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishning yangi tartibiga ko‘ra har yili 1-fevraldan kechikmay oliy ta’lim muassasasi Harakatning oliy ta’lim muassasasidagi boshlang‘ich tashkiloti Kengashiga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan va oliy ta’lim muassasasiga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarning (bundan buyon matnda talabalar deb yuritiladi) ro‘yxatini, shuningdek ularning o‘zlashtirishi va intizomi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi.

Talabalar esa 20 fevraldan kechikmay Harakatning boshlang‘ich tashkiloti Kengashiga Harakat tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilishi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladilar. 1 martdan 5 martga qadar bo‘lgan muddatda Harakatning boshlang‘ich tashkiloti Kengashi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqadi hamda mazkur Qoidalarda belgilangan ko‘rsatkichlar asosida Harakat tomonidan moddiy yordam ko‘rsatish uchun tavsiya etish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

Talabaning o‘rganilayotgan davrdagi o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 71 va undan yuqori foiz bo‘lishi lozim. Bunda talabaning o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi o‘rganilayotgan davrdagi o‘quv fanlari bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yig‘indisini o‘tilgan har bir semestrdagi o‘quv fanlarning umumiy soniga bo‘lish orqali aniqlanadi. Harakatning boshlang‘ich tashkiloti Kengashining moddiy yordam ko‘rsatish uchun talabalarni tavsiya etish to‘g‘risidagi qarori joriy o‘quv yili mobaynida haqiqiy hisoblanadi.

Harakatning Markaziy Kengashi talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin o‘n bank kuni mobaynida oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga moddiy yordam ko‘rsatish pulini o‘tkazadi.

Talaba moddiy yordam olish huquqidan voz kechsa, oliy ta’lim muassasasi talaba uchun to‘langan mablag‘ni Harakatning Markaziy Kengashiga o‘n kun ichida qaytaradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi