date
views 42

O‘zbekiston Kot-d'Ivuar bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi

O‘zbekiston Kot-d'Ivuar bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi
Foto: Dunyo
Nyu York shahrida 29 aprel kuni O‘zbekiston va Kot-d'Ivuar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunike imzolandi, deb xabar beradi «Dunyo» agentligi.

Qayd etilishicha, ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Kot-d'Ivuarning BMTdagi doimiy vakili Tiyemoko Moriko imzolagan.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirgan. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish uchun ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Shu tariqa, G‘arbiy Afrikada joylashgan Kot-d'Ivuar O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 160-davlatga aylandi.

«Mazkur hujjatning imzolanishi O‘zbekistonning Afrika qit’a mamlakatlari bilan o‘zaro hamkorligini faollashtirishda muhim qadam bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 159-davlat Tinch okeanidagi orol-mamlakat, Yer yuzidagi eng kichik mustaqil respublika – Nauru hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Kot-d'Ivuar bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi