11:47 / 23.11.2016
6 872

Toshkentlik fuqaro birovning Matiz`ini olib qochishga urindi

Toshkentlik fuqaro birovning Matiz`ini olib qochishga urindi

Toshkent shahar Yashnobod tumani IIB navbatchilik qismiga Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o‘zining “Matiz” rusumli avtomobilini noma’lum shaxs olib qochib ketgani haqida xabar qilgan.

Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ariza muallifi avtomashinasini Tolariq ko‘chasida joylashgan "Yangiobod ixtisoslashtirilgan bozori" oldidagi avtomashinalar turargohidan olib qochib ketilganligi ma’lum bo‘lgan, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.

Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida olib qochilgan avtomashina Jarqo‘rg‘on ko‘chasida to‘xtatildi. Jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs Shayxontohur tumanida yashovchi 54 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi. Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentlik fuqaro birovning Matiz`ini olib qochishga urindi