
Toshkentning Mirobod tumanida ertalab sodir bo‘lgan favqulodda holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. 30-may kuni soat 08:03 da Islom Karimov ko‘chasidagi 25-uy oldida elektrosamokatlar yonayotgani haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar berilgan.
Favqulodda holatlarga tezkor javob beruvchi yong‘in-qutqaruv jamoasi voqea joyiga bor-yo‘g‘i to‘rt daqiqa ichida – 08:07 da yetib kelgan va ikki daqiqa o‘tib, 08:09 da yong‘in butunlay bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Mutasaddilar hodisaga oid batafsil ma’lumotlar bilan tez orada chiqish qilishini bildirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar