
Samarqand va Navoiy viloyatlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy ravishda tarqatish bilan bog‘liq jinoiy holatlar aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida qonunbuzar shaxslar qo‘lga olindi.
Navoiy viloyatida o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida fuqaro O‘.Sh. fuqaro E.X.ga jami 3 738 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 100 million so‘mga sotgan vaqtda qo‘lga tushdi. Undan ashyoviy dalil sifatida ushbu dorilar musodara qilindi.
Shuningdek, Samarqand tumanida Departamentning mahalliy bo‘limi tomonidan DXX va IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan operatsiya davomida fuqaro Sh.X. tomonidan 162 dona dori vositasi fuqaro F.A.ga noqonuniy ravishda sotilayotgani paytida ushlangan. Qo‘shimcha ravishda uning yonidan yana 510 dona dori vositasi topilgan va dalil sifatida olingan.
Ikkala holat yuzasidan ham O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Mutasaddi idoralar bu kabi noqonuniy dori aylanmasiga qarshi qat’iy kurash olib borishda davom etishini ma’lum qilmoqda.
Zamin.uz tahririyati yurtimizda aholi salomatligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlar haqida o‘z o‘quvchilarini xabardor qilib borishda davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar