date

UMS uchun to‘lovlarni O‘zbekistondagi istalgan infokioskdan amalga oshirish mumkin

UMS uchun to‘lovlarni O‘zbekistondagi istalgan infokioskdan amalga oshirish mumkin

Uzcard tizimi joriy yilning 1 dekabridan boshlab Online va Offline Duet plastik kartalari sohiblari UMS mobil operatori uchun to‘lovlarni O‘zbekistondagi istalgan infokisokdan amalga oshirishlari mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda «Infocom.uz»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu xizmat hech qanday komissiya to‘lovlarisiz amalga oshiriladi (foydalanuvchilar uchun komissiya to‘lovi 0 % ni tashkil qiladi).

Eslatib o‘tamiz, hozirda butun O‘zbekiston bo‘ylab Uzcard kartalari egalari uchun mingdan ortiq infokiosklar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » UMS uchun to‘lovlarni O‘zbekistondagi istalgan infokioskdan amalga oshirish mumkin