date
views 342

Mirziyoyev va Putin muloqoti: strategik hamkorlik va do‘stlik mustahkamlanmoqda

Mirziyoyev va Putin muloqoti: strategik hamkorlik va do‘stlik mustahkamlanmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali amalga oshirilgan muloqot ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va do‘stlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Rossiya yetakchisi va ko‘p millatli xalqini “Rossiya kuni” umummilliy bayrami bilan samimiy qutladi. Prezident Mirziyoyev Rossiya bilan keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yil sayin yanada mustahkamlanayotganini alohida ta’kidladi.

Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning barcha yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi. Prezidentlar oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish, ko‘p qirrali hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va o‘zaro tovar ayirboshlash sur’atini barqaror saqlab qolish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Ayniqsa, sanoat kooperatsiyasi yo‘nalishidagi qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ikki mamlakat hududlari darajasidagi aloqalarni kuchaytirish va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning ahamiyati qayd etildi. Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiyada o‘tkazilayotgan madaniy tadbirlar, ilmiy va ta’limiy almashinuvlar, adabiyot va san’at sohasidagi hamkorlik ham ijobiy baholandi.

Muloqot yakunida davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli sheriklik va do‘stona munosabatlarni yanada chuqurlashtirish borasida qat’iy ekanliklarini ta’kidladilar. Ikki tomon mamlakatlarimiz ravnaqi, mintaqada barqarorlik va tinchlikni ta’minlash uchun barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni faol davom ettirishga kelishib oldilar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mirziyoyev va Putin muloqoti: strategik hamkorlik va do‘stlik mustahkamlanmoqda