Kelgusi yili Toshkent shahrida 8 ta yangi madaniyat va istirohat bog‘i barpo etiladi. Bu haqda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev poytaxtlik saylovchilari bilan uchrashuvida ma’lum qildi.
Poytaxt aholisi tomonidan shaharda madaniyat va istirohat bog‘lari etarli emasligi haqida bildirilayotgan ko‘plab e’tirozlar inobatga olinib, bu boradagi ishlarni yaxshilash maqsadida maxsus dastur ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, 2017 yilda Toshkent shahrida 8 ta yangi madaniyat va istirohat bog‘i barpo etiladi. Ularni joylashtirish uchun Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Uchtepa, Sirg‘ali, Chilonzor, Shayxontohur va Yashnobod tumanlarida tegishli er maydonlari ajratib qo‘yildi, deydi nomzod o‘z nutqida.
Bundan tashqari, Bektemir tumanida, Chirchiq daryosi qirg‘og‘ida 70 gektar maydonda umumiy qiymati 80 million dollar bo‘lgan, dunyodagi eng mashhur «Disneylend» parklaridan qolishmaydigan Markaziy Osiyodagi eng katta zamonaviy attraksionlar bog‘i quriladi. Hozirgi paytda mazkur loyihani amalga oshirish yuzasidan Evropaning etakchi park operatorlari bilan muzokaralar olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi