
16 iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘l infratuzilmasi va mamlakatdagi transport boshqaruvi bo‘yicha mavjud vaziyatni keskin tanqid ostiga oldi. Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yetti yilda yo‘llarni qurish va ta’mirlashga ajratilgan 61 trillion so‘m mablag‘ning asosiy qismi xalqaro va respublika ahamiyatiga ega yo‘llarga sarflangan. Biroq, shu yo‘llarda sodir bo‘layotgan o‘lim bilan bog‘liq avtohalokatlar soni juda yuqori — qayd etilishicha, ularning 75−80 foizi aynan mazkur yo‘llarda ro‘y beryapti.
Prezident yo‘llarda aholining xavfsizligini ta’minlash va transport oqimini samarali tashkil etish bo‘yicha ishlarda hali ham katta muammolar borligini ta’kidladi. Jamoat transporti sifati, katta shaharlardagi tirbandlik va yo‘llardagi axborot texnologiyalari qoniqarsiz ekanligi ko‘pchilik fuqarolarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
Yig‘ilishda yana bir muhim muammo sifatida yo‘llarda o‘rnatilgan kameralar dislokatsiyasi tilga olindi. Prezident ushbu kameralar faqat qoidabuzarliklarni qayd etib, fuqarolarga jarima yozish uchun ishlayotganini, aslida esa ular transport oqimini boshqarish, tirbandlik va avariyalar sonini kamaytirishda samarali vosita bo‘lishi kerakligini uqtirdi.
Shuningdek, chorrahalardagi yo‘l chiziqlari va belgilarini aniqlashtirish, svetoforlarni “aqlli boshqaruv” tizimiga o‘tkazish ishlarining sekin ketishi ham tanqid ostiga olindi. Poytaxtda transport harakati sun’iy intellekt yordamida tartibga solinishi bo‘yicha taqdimot o‘tkazilganiga ancha bo‘lganiga qaramay, amalda hech qanday natija yo‘qligiga e’tibor qaratildi.
Prezident ta’kidlaganidek, bu sohadagi ishlarni zamonaviy talablar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda qayta tashkil qilish, transport sohasidagi islohotlarni tezlashtirish va odamlar xavfsizligini ta’minlash davlat uchun eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar