09:11 / 30.11.2016
9 466

Endi xorijga 10 ming dollar miqdorida naqd pul olib chiqish mumkin (batafsil)

Endi xorijga 10 ming dollar miqdorida naqd pul olib chiqish mumkin (batafsil)

O‘zbekistonda 2017 yildan boshlab ichki valyuta bozorini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan valyuta siyosatini keng miqyosda erkinlashtirish kutilmoqda. Ushbu o‘zgarishlarini o‘zida ifoda etgan «Valyuta siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida«gi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirildi.

Unda ko‘rsatilishicha, O‘zbekiston hududida jismoniy shaxslar o‘rtasida bank o‘tkazmalari, pochta o‘tkazmalari yoki to‘lov tizimlaridan foydalangan holda xorijiy valyuta mablag‘larini o‘tkazishga ruxsat beriladi;

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga yuridik shaxs tashkil etmasdan o‘z bank hisoblari orqali import mahsulotlari va xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishga ijozat beriladi;

Eksportyor va importyorlar ular tomonidan imzolangan tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha to‘lov shaklini valyuta nazorati qonunchiligi doirasida o‘z xohishiga ko‘ra erkin tanlaydi;

hukumat qarorlari bilan o‘rnatilgan istisnoli hollardan tashqari, 10 ming AQSh dollari ekvivalentiga teng miqdorgacha bo‘lgan naqd puldagi xorijiy valyutani respublikadan olib chiqib ketish hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiriladi. Bunda 2000 AQSh dollari ekvivalentigacha miqdorda bo‘lgan naqd puldagi xorijiy valyutani O‘zbekistondan olib chiqish va O‘zbekistonga olib kirishda majburiy deklarasiya qilinmaydi;

tijoriy banklar va Markaziy banklarning naqd puldagi xorijiy valyutani O‘zbekistondan tashqariga olib chiqib ketishga ijozat berishi amaliyoti bekor qilinadi;

O‘zbekiston norezidentlari (yuridik va jismoniy shaxslar) qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston banklarida hisob ochish va mablag‘larini erkin tasarruf etish huquqiga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Endi xorijga 10 ming dollar miqdorida naqd pul olib chiqish mumkin (batafsil)