
O‘zbekistonda agrar sohadagi ilmiy izlanishlar yangi bosqichga chiqmoqda — qovunchilik yo‘nalishida yuqori hosildor, kasalliklarga bardoshli va eksport salohiyatiga ega navlar yaratilayotgani Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ma’lum qilindi.
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan amalga oshirilayotgan seletsion ishlar zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarga asoslangan. Ular issiqxona sharoitida yetishtirishga mos bo‘lgan F1 duragaylarini yaratish ustida izlanishlar olib bormoqda.
Izlanishlar doirasida 30 dan ziyod mahalliy va xorijiy genetik kolleksiyalar, shuningdek, 10 ga yaqin seletsion liniyalar chuqur o‘rganilmoqda. Eng istiqbolli navlar iqlimga moslik, hosildorlik va bozordagi talab darajasi asosida saralab olinmoqda.
Ta’kidlanishicha, issiqxonada qovun yetishtirish nafaqat yerdan samarali foydalanishni, balki hosildorlikni 2 barobar oshirish imkonini ham beradi. Masalan, bir gektarga 10–12 ming ko‘chat joylashtirish orqali 60 tonnagacha sifatli hosil olish mumkin.
Shu bilan birga, agar sug‘orish, o‘g‘itlash va kasalliklarga qarshi tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilsa, mahsulot sifatining yanada yuqori bo‘lishi kafolatlanadi. Bu orqali aholini mavsumdan tashqari vaqtda ham xushta’m va foydali qovun mahsulotlari bilan ta’minlash imkoni yaratiladi.
Bundan tashqari, issiqxonada yetishtirilgan erta hosil qovunlari ichki bozorda raqobatbardosh bo‘lib, tashqi bozorlarda ham katta talabga ega bo‘lishi kutilayapti. Bularning barchasi qovunchilik sohasini daromadli va barqaror tarmoqqa aylantirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda urug‘ yaratish va gen banklarini kengaytirish uchun 24 million dollar mablag‘ ajratilgan. 2023 yilda esa ushbu institut olimlari tomonidan "Toshkent ertagi" deb nomlangan yangi kartoshka navi yaratilgandi — u ham iqlimimizga mos va ertapisharlik xususiyatiga ega.
Ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan navlar nafaqat agrar sohani rivojlantirishga, balki milliy oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga ham ulkan hissa bo‘lib xizmat qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar