
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga davlat tashrifi doirasida Fuzuliy shahriga bordi. Aeroportda oliy martabali mehmonni Ozarboyjon madaniyat vaziri Odil Kerimli va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shahar buyuk Ozarboyjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Fuzuliy nomi bilan atalgan. Mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan bu shahar azaldan Qorabog‘ning «janubiy darvozasi» hisoblanadi.
2020 yildan boshlab Fuzuliy tumani va shahrida keng ko‘lamli qayta tiklash dasturi amalga oshirilmoqda. 2021 yilda foydalanishga topshirilgan Fuzuliy aeroporti barpo etilgan muhim obyektlardan biri bo‘ldi. Shaharda, shuningdek, zamonaviy turar joy majmualari, tibbiyot va ta’lim muassasalari, infratuzilma obyektlari qad rostladi, yangilari qurilmoqda.
2023 yil avgust oyida ikki mamlakat yetakchilari shaharda O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan birodar xalqlar o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik ramzi sifatida qurilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi zamonaviy maktabni ochgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar