
Qiziqchi Shukurullo Isroilov bilan suhbatlashib, bugungi siyosiy jarayon haqida uning fikrlari bilan qiziqdik.
“4 dekabrni mana bir necha kundan beri orziqib kutyapmiz. Bu kun juda mas’uliyatli kun. Uni Intizorlik bilan kutdik, ertalab oila a’zolarimiz bilan o‘z nomzodimizga ovoz berib keldik. Endi xalqimizni chorlayapmiz. Bugun O‘zbekistonimizning yangi rahbari aniqlanadi. Yangi rahbarimiz ham Birinchi Prezidentimizning davomchisi bo‘ladi degan umiddamiz. Ishonamanki, saylagan nomzodimiz yurt uchun jonini beradigan inson bo‘ladi. Vatan uchun yurtimiz uchun har birimiz jonimizni berishimiz kerak. Shu yurt uchun, shu xalq uchun xizmat qilishimiz kerak. Bunaqa o‘lka hech qayerda yo‘q. Bir dona cho‘pni olib erimizga ekib qo‘ysangiz u albatta ko‘karadi. To‘rtta fasli ham o‘z vaqtida keladigan yurt yana qayda bor? Va eng asosiysi tinchlik, tinchligimizga ko‘z tegmasin. Kuni kecha dunyoga kelgan nevaram ham shu yurt uchun jonini beradigan farzand bo‘lsin!” “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar