
Toshkentdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida ish boshlagan press-klub o‘z faoliyatini samarali tarzda davom ettirmoqda. Press-klub mehmoni Quvayt OAVsi xodimi Ossama Srour O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan saylovlar haqida fikr bildirdi.
Ossama Srour, Quvaytning “Arab Times” gazetasi muxbiri:
—Biz Buxoro viloyatidagi bir nechta saylov uchastkalarida bo‘ldik.
Toshkentda tashkil etilgan press-klub jurnalistlar uchun ko‘plab qulayliklarni yaratdi. Men ko‘plab davlatlarda bo‘lib o‘tgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etganman. O‘zbekistonda saylovchilar, jurnalistlar va kuzatuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar maqtovga sazovor. Men ayni paytda Quvaytdagi ommaviy axborot vositalari uchun bir qator materiallar tayyorladim. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar