19:35 / 04.12.2016
6 407

Jamila G‘ofurova: “Orzularimiz amalga oshishida Yurtimizni to‘g‘ri tanlangan Prezident boshqarishi muhim”

Jamila G‘ofurova: “Orzularimiz amalga oshishida Yurtimizni to‘g‘ri tanlangan Prezident boshqarishi muhim”
Aktrisa Jamila G‘ofurova press-klubga tashrif buyurib, bugungi muhim siyosiy kun haqidagi fikrlarini ma’lum qildi.

“Mening ovozim ahamiyatga ega ekanligidan xursandman. Men o‘z ovozimni munosib nomzodga berdim, deb o‘ylayman. Bu nomzodning kim ekanligi esa hozircha sir.

Vatanimning kelajagi uchun yaxshi niyatlar qildim. Yurtimizni buyuk kelajak kutayotganiga ishonaman. Bu saylov esa men va oila a’zolarim, jumladan qizimning hayotini xal qiladi. Qizim hozir maktabda o‘qiyapti, uni kelajakda kollej, universitet kutib turibdi. Umuman olganda, bizning tinch-totuv hayot kechirishimizda, orzu-umidlarimizni ro‘yobga chiqarishimizda Vatanimizni to‘g‘ri tanlangan Prezident boshqarishi juda muhim.

Kasbim borasidagi orzularimga to‘xtaladigan bo‘lsam, men ham o‘zbek kinosi dunyo miqyosiga chiqishini orzu qilaman.

Vatanimiz kelajagi porloq bo‘lishiga ishonaman!”,—deydi Jamila G‘ofurova.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)