21:08 / 04.12.2016
7 862

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berish yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berish yakunlandi

Bugun mamlakatimizda Prezident saylovi o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 9 ming 383 saylov uchastkasida soat 6:00 dan 20:00 ga qadar ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14 saylov okrugi, mazkur okruglar tomonidan 9 ming 383 saylov uchastkasi tashkil etildi. Mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida 44 saylov uchastkasi tuzildi. Uchastka saylov komissiyalari tarkibi shakllantirilib, ularning faoliyatiga 98 mingdan ziyod kishi jalb qilindi.

Barcha uchastkalarda ona va bola, tibbiyot xonalari tashkil etildi. Ovoz berish xonalari, qutilar, ko‘chma qutilar tayyorlandi. Uchastkalar saylovga oid qonun, yo‘riqnoma, qo‘llanma, zarur adabiyotlar, nomzodlar va ularning dasturlarini tanishtiruvchi plakatlar, telefon, kompyuter hamda internet bilan ta’minlandi.

Mamlakatimizdagi barcha siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etish istagini bildirdi. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Sarvar Otamuratovni, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Shavkat Mirziyoyevni, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Xatamjon Ketmonovni, O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi Narimon Umarovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatdi.

Saylovchilar uchun bir qator qulaylik va sharoitlar yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir taklifnoma va saylov byulletenining yangi varianti ishlab chiqildi. Jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarning ovoz berishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida har bir saylov uchastkasi pandus bilan jihozlandi. Kabinalarning biri nogironlarning ovoz berishi uchun ajratildi.
Ko‘zi ojiz fuqarolarga brayl alifbosida saylov mavzusi bo‘yicha turli risolalar chop etildi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib mamlakatimizda ilk marta ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan saylov byulletenlari tayyorlanib o‘z egalariga etkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini 44 davlat va besh xalqaro tashkilot vakillari kuzatatib bordi. Saylov jarayonini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining 1 ming 400 dan ortiq vakili yoritib bormoqda.

Soat 22:00 da Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berishning yakuniga bag‘ishlangan brifingi bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berish yakunlandi