date

15 iyulda mamlakat bo‘ylab issiq avj oladi-harorat 40°dan oshadi

15 iyulda mamlakat bo‘ylab issiq avj oladi-harorat 40°dan oshadi
15 iyul, dushanba kunidan boshlab O‘zbekistondagi barcha hududlarda havo harorati yana oshib boradi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi joriy kun uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida osmon biroz bulutli bo‘lib, yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat tunda 22–24 daraja, kunduzi 37–39 daraja atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ob-havo ochiq, shamol 7–12 m/s tezlikda, ba’zi joylarda 18 m/s gacha kuchayishi va chang-to'zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35–40 darajani tashkil etadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham huddi shunday havo kuzatiladi. Harorat tunda 22–27°, kunduzi 35–40° orasida bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ob-havo bir oz bulutli, shamol sharqdan 7–12 m/s esadi. Harorat kunduzi 34–39 darajaga yetadi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda yomg‘ir kutilmaydi, lekin changli shamollar kuzatilishi mumkin. Tunda 22–27°, kunduzi esa 42° gacha issiq bo‘lishi kutilyapti.

Farg‘ona vodiysi — Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo ochiq va shamol 5–10 m/s atrofida bo‘ladi. Harorat 34–39° daraja atrofida.

Tog‘li va tog‘oldi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi 27–32°, tunda 14–19° darajagacha tushadi.

Xulosa qilib aytganda, o‘tgan haftaning nisbatan salqin kunlaridan so‘ng, dam olish kunlarida havo yana isiy boshladi. Meteorologlar oy oxirigacha harorat 36–39° darajada barqaror bo‘lib turishini bashorat qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 15 iyulda mamlakat bo‘ylab issiq avj oladi-harorat 40°dan oshadi