
2025 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, davlat budjetiga bojxona orqali 34 trillion so‘mdan ziyod to‘lovlar o‘tkazildi. Bu — iqtisodiyot uchun muhim ko‘rsatkich bo‘lib, bojxona idoralari faoliyati samaradorligini namoyon etmoqda.
Shu davr mobaynida 19 mingdan ziyod kontrabanda va bojxona qonunbuzarligi holatlari fosh etildi. Ularda umumiy qiymati 564 milliard so‘m bo‘lgan tovar va moddiy boyliklarning noqonuniy ravishda chegara orqali olib o‘tilishi hamda ichki bozorda yashirin aylanishiga chek qo‘yildi.
Qonunga zid ravishda muomalada bo‘lgan valyuta miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan uch barobarga ko‘paygan bo‘lsa, noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan zargarlik buyumlari soni deyarli ikki barobarga oshgan.
Shuningdek, bojxona nazorati ostida jami 1247 kilogramm giyohvand moddalari, 156 kilogramm psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi vositalarning mamlakatga kiritilishi oldi olindi.
Mutasaddilar ta’kidlashicha, noqonuniy aylanmani cheklash va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi choralar yanada kuchaytiriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar