
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon o‘rtasida 2016 yil 5 dekabr kuni telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Diydoraziz nashri.
Tojikiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgani bilan samimiy tabrikladi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha fikr almashdilar. Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi dolzarb vazifalarning amaliy ro‘yobga chiqarishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekanligini ta’kidladilar.
O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq qarorlarga kelish maqsadida davlat va jamoat tuzilmalari, xo‘jalik sub’ektlarining ikki tomonlama muloqotlarini qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar