
Toshkentdagi mashhur besh yulduzli International Tashkent mehmonxonasi endi Rossiyaning Azimut Hotels kompaniyasi tomonidan boshqariladi. Bu haqda Kursiv.media manbasi xabar berdi.
1997 yili InterContinental brendi ostida ish boshlagan ushbu mehmonxona 2012 yilgacha xalqaro operator nazoratida bo‘lgan. Shu yildan keyingi davrda uning faoliyati to‘xtagan edi.
2024 yil noyabr oyida mazkur binoga "Smart Fast Stroy" kompaniyasi tomonidan 26 million dollar sarmoya kiritildi va obyekt xususiy mulkka aylandi.
Endilikda bu mehmonxona "Azimut Grand Hotel Tashkent" nomi bilan faoliyat yuritadi. Qiziq jihati shundaki, bu — Markaziy Osiyodagi Azimut Hotels brendi ostida ish boshlaydigan ilk premium toifali mehmonxonadir.
Ma’lumot uchun, Azimut Hotels 2004 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda Rossiya, Germaniya, Avstriya va Isroildagi 39 mehmonxonani boshqarib kelmoqda. Toshkentdagi yangi loyiha ushbu xalqaro brendning mintaqadagi rivojlanish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar