Evropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB)ning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov jarayonlari bo‘yicha o‘z bayonotini taqdim etdi.
Unda saylov jarayonida oshkoralikni oshirish ta’minlangani bilan birgalikda o‘tgan saylovlarda berilgan ko‘rsatmalarning barchasi ham bajarilmagani qayd etilgan.
"Saylov rahbariyati o‘z ishlarida oshkoralikni oshirish va saylovlarni kerakli darajada o‘tkazish uchun ko‘plab choralar ko‘rishgan, lekin davlat vakillarining ustunligi va inson huquqlarining cheklangani siyosiy plyuralizmning zaiflashishi va o‘z navbatida saylov tashviqoti raqobatsizligiga olib keladi", deyilgan bayonotda.
Kuzatuvchilarning xulosasiga ko‘ra, axborot vositalarida saylovning yoritilishi qattiq cheklangan va nazoratgga olingan muhitdadir.
"Axborotlarning davlat tomonidan belgilab berilgan chegaradan chiqmasligi saylovchilar muqobil nuqtai-nazarga ega bo‘lmasligiga olib keldi", deyishgan ular. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi