07:12 / 06.12.2016
6 399

Turk delegasiyasi: O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi turk xalqi uchun ibratdir

Turk delegasiyasi: O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi turk xalqi uchun ibratdir

«Marmara Group» strategik va ijtimoiy tadqiqotlar fondi bosh direktori Akkan Suver 5 dekabr kuni o‘zining o‘rinbosari Shamil Ayru, Sayin Ismoil Sayfiy, Mehmet Sayfid Erol va Ayrel xonim hamrohligida Toshkent shahridagi matbuot markaziga tashrif buyurib, saylovlar bo‘yicha bayonot berdi.

"Men bundan avval ham O‘zbekistondagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etganman - bu uchinchi marta kelishim. Albatta, ushbu tashrifim davomida saylovlar ancha yuqori saviyada o‘tdi. 2016 yilgi saylovlar O‘zbekiston demkoratiyasida oldinga qo‘yilgan dadil qadam bo‘ldi", - deydi turk delegasiyasi rahbari.

Akkan Suver O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarining professional darajada o‘tganini ta’kidladi. "Saylovlar betaraf, shaffof va haqiqiy demokratik tarzda o‘tdi", - dedi u.

Turkiya vakili saylov kuni, ya’ni 4 dekabrda Samarqand shahrida bo‘lib, u erdagi universitetlar, fabrika va tibbiyot markazida ovoz berish jarayoni kuzatilganini aytdi. Saylovchilarning yuksak faolligi turk qardoshlarimizni quvontirgani ta’kidlandi va qisqa muddatda bunday natijalarni ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan o‘zbek xalqini muborakbod etdi.

Yana bir turk vakili Shamil Ayru O‘zbekistondagi saylovlarning butun dunyo uchun ahamiyatli ekanligini ta’kidladi. U nafaqat poytaxt Toshkent shahri, balki ko‘plab boshqa shaharlarda ham saylovga katta tayyorgarlik ko‘rilganiga diqqatni qaratdi. Har bir saylov uchastkalarida partiya vakillarining borligi saylovlarning demkoratik tarzda o‘tayotganiga yana bir misol bo‘lishini ta’kidladi.

Turk delegasiyasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari turk xalqi uchun ibrat bo‘la olishini aytib, so‘zlariga yakun yasadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Turk delegasiyasi: O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi turk xalqi uchun ibratdir