date

Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Kobul shahrida Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Mulla Muhammad Hasan Oxund bilan uchrashdi.

"Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Mulla Muhammad Hasan Oxund janobi oliylari bilan uchrashuvdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Birodar va qo‘shni Afg‘oniston bilan o‘zaro munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga intilmoqdamiz".

Uchrashuv davomida savdo, gumanitar hamkorlik va mintaqaviy bog‘liqlikni rivojlantirish, jumladan, "O‘zbekiston - Afg‘oniston - Pokiston" temiryo‘li bo‘yicha hadli bitim muhokama qilindi.

O‘zbekiston hukumati infratuzilma, logistika, energetika va ta’lim sohalarida hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekani aytildi.

"Afg‘oniston Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarishi lozim, deb hisoblaymiz", deydi Baxtiyor Saidov.

Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi bilan uchrashdi