Xitoy Xalq Respublikasi prezidenti Si Tszinpin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, uni Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammitiga Xitoyga taklif qildi. Tabrik nomasi matni O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatidan e'lon qilindi, deb yozmoqda Kursiv media.
SHHT sammiti 31 avgust kuni Tyanjinda boshlanadi. Shuningdek, sentyabr oyining dastlabki kunlarida Xitoy Yaponiya ustidan G‘alabaning 80 yilligini nishonlaydi. Si Tszinpin O‘zbekiston prezidentini shu tadbirlarda ishtirok etishga taklif qildi.
Xitoy rahbari Shavkat Mirziyoyevga sog‘liq va farovonlik tiladi. Si Tszinpin qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida e'tibor qaratganini ta'kidladi. U ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi samarali ishbilarmonlik munosabatlari va O‘zbekiston prezidenti bilan shaxsiy do‘stligi haqida so‘zlab berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!