date
views 11 516

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi — 2017 yilga nom berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi — 2017 yilga nom berdi

7 dekabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Konstitusiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekistonning yangi saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tantanali yig‘ilishda ma’ruza qilar ekan, kirib kelayotgan yangi — 2017 yilni O‘zbekistonda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilishni taklif etdi.

Prezidentning ushbu taklifi yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan kutib olindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi — 2017 yilga nom berdi