O‘zbekiston Oliy Sudi mamlakatning sobiq rahbari Inomjon Usmonxo‘jaevni reabilitasiya qilish to‘g‘risida qaror chiqarganini farg‘onalik jurnalist Abdusalom Ergashev o‘zining Facebookdagi sahifasida e’lon qildi, deb yozadi sof.uz nashri.
Qaror nusxasida yozilishicha, SSSR Oliy Sudi jinoyat ishlar bo‘yicha sudlov kollegiyasining 1989 yil 27 dekabrda chiqargan In’omjon Buzrukxo‘jaevich Usmonxo‘jaevga oid hukmi bekor qilinib, jinoyat ishi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 83 -moddasi 1-bandiga asosan tugatilgan.
In’omjon Usmonxo‘jaevning Farg‘onadagi manziliga yo‘llangan rasmiy maktubga 2016 yil 18 noyabr sanasi qo‘yilgan.
Usmonxo‘jaev «paxta ishi» da ayblanib, 1988 yil 12 yanvarida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi lavozimidan bo‘shatilgan va 1989 yil 27 dekabrida 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 1990 yilda qamoqdan ozod etilgan.
In’omjon Usmonxo‘jaev O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1978-83) va 1983 yildan 1988 yilgacha O‘zbekiston Kompartiyasi MK 1-kotibi lavozimlarida ishlagan
e-tarix.uz saytida sobiq rahbar haqida “I. Usmonxo‘jaev respublikaga rahbarlik qilgan yillarda siyosiy va iqtisodiy vaziyat yomonlashdi, u qat’iyatsizligi va jur’atsizligi tufayli Markazning tazyiqiga dosh bera olmay, 1984-88-yillarda O‘zbekistonning ko‘plab xo‘jalik va partiya arboblarini “paxta ishi” va “o‘zbeklar ishi” degan soxta siyosiy ayblovlar natijasida qatag‘on qilinishiga, xalqning milliy g‘ururi va qadriyatlari kamsitilishiga yo‘l qo‘yib berdi”, deb yozilgan.
In’omjon Usmonxo‘jaev hozir Farg‘ona shahrida yashaydi.
Rasm dunyouzbeklari.com saytidan olindi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi