date

O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi yangi xalqaro ittifoqda

O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi yangi xalqaro ittifoqda

O‘zbekiston rasman Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengash tuzish to‘g‘risidagi xalqaro bitimga qo‘shildi. Mazkur kelishuv 2013 yil Minsk shahrida imzolangan bo‘lib, u davlatlar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish va kelishilgan chora-tadbirlar qabul qilishni ko‘zda tutadi.

Prezidentning 2025 yil 30 iyuldagi qaroriga asosan, ushbu bitim korrupsiyaga qarshi global harakatlarda mamlakatimiz faol ishtirokini ta’minlaydi. Tashqi ishlar vazirligi shartnomani amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ sifatida belgilanib, tegishli ma’lumotlarni depozitariyga taqdim etadi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda boshqa mas’ul idoralarga shartnomaning ijrosini ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Bitim to‘liq kuchga kirgach, O‘zbekiston qonunchilikni muvofiqlashtirish, amaliy tashabbuslar va xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bu qadam mamlakatning jahon miqyosidagi antikorrupsion sheriklikni yanada mustahkamlashini anglatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi yangi xalqaro ittifoqda