11–12 avgust kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va issiq ob-havo sharoiti saqlanib turadi, deb xabar berdi «O‘zgidromet». Biroq haftaning ikkinchi yarmida nisbatan salqinlashadi.
11–12 avgust kunlari havo harorati asosan +38...+40 daraja, janubda +42 darajagacha bo‘ladi. Faqat shimoli-g‘arbiy viloyatlarda va cho‘l hududlarda ertaga kunduzi harorat 2-3 daraja pasayadi.
13 avgust, chorshanba kuni haroratning pasayishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Lekin issiqning sezilarli darajada pasayishi ish haftasining ikkinchi yarmida kutilmoqda, bunda respublika hududining katta qismida harorat +34...+37 darajagacha, faqat eng chekka janubda +40 darajagacha pasayadi.
Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida 13 avgust kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, 10–12 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kechalari +21...+23 daraja, 11-12 avgustda kunduz kuni +38...+40 daraja, 13 avgustda +36...+38 daraja, 14-15 avgustda +34...+37 daraja bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayishi kutilmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar