O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi 2016 yil 13 dekabr kuni ertalab soat 10.00da Toshkent shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislar zalida ochiladi. Bu haqda Kun.uz xabar bergan.
Bu haqda 10 dekabr kuni o‘tkazilgan Oliy Majlis Senati Kengashi yig‘ilishida qaror qabul qilingan.
Senat yalpi majlisining muhokamasiga aholi turmush darajasini yanada oshirishni va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishni, iqtisodiyot o‘sishining yuqori va barqaror sur’atlarini ta’minlashni, aholini ish bilan ta’minlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi, shuningdek 2017 yilda aholi bandligini ta’minlash dasturi to‘g‘risidagi masalalarni kiritish rejalashtirilmoqda.
Senat yalpi majlisining kun tartibiga mamlakat siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha sohalarini bosqichma-bosqich isloh qilishga hamda erkinlashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari kiritilmoqda. “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Soliq va budjet siyosatining 2017 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa qonunlar shular jumlasidandir.
Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatlariga taalluqli bo‘lgan boshqa masalalar ham muhokama etiladi.
Oliy Majlis Senati qo‘mitalarining hamda devonining sakkizinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirib turish uchun Kengash tomonidan tegishli ishchi guruh tuzilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”