38 864
O‘zbekiston Bosh vaziri yordamchisi Abdulla Aripov kim? U Bosh vazir bo‘ladimi? (Biografiya)
4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovning yakuniy natijalariga ko‘ra Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining ikkinchi prezidenti etib saylandi va bu haqida qaror ham qabul qilindi. Bugungi kunda O‘zbekiston aholisini Bosh vazir kim bo‘lishi qiziqtirmoqda. So‘rovnomalarga ko‘ra eng asosiy nomzodlar sifatida Rustam Azimov va Abdulla Aripov ko‘rsatilmoqda. Sizga bir necha yil davomida Shavkat Mirziyoyev bilan elkama-elka ishlab kelgan Bosh vazir birinchi o‘rinbosari Abdulla Aripovning biografiyasini taqdim etamiz.
Abdulla Aripov Nigmatovich
O‘zbekiston, Toshkent shahrida 24.05.1961 yilda tug‘ilgan.
Millati o‘zbek.
1983 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini tugallagan. (Elektr aloqa muhandisi)
Ilmiy darajasi: Iqtisod fanlari doktori.
«Do‘stlik» va «Mehnat shuhrati» ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.
1983 yildan 1992 yilga qadar Toshkent telefon-telegraf stansiyasida 1-darajali elektr muhandisi sifatida ishlagan.
1992 yildan 1993 yilga qadar O‘zbekiston aloqa vazirligida bosh mutaxassis sifatida ish yuritgan.
1992-1995 yillarda «O‘zimpeksaloka» tashqi-savdo firmasi direktori o‘rinbosari.
1995 yil O‘zbekiston aloqa vazirligi qurilish va ta’minot bo‘limi boshlig‘i.
1995-1996 yillar «TashAfinalAL» qo‘shma korxonasi bosh direktori.
1995-1996 yillar. O‘zbekiston aloqa vazirligi xususiylashtirish va raqobatni kuchaytirish bo‘limi boshlig‘i.
1997 yil. O‘zbekiston pochta va telekommunikasiya agentligi qimmatli qog‘ozlari va bozor o‘zgarishlari bo‘limi boshlig‘i.
1997-2000 yillar. Davlat pochta va telekommunikasiyani qo‘llab- quvvatlash va rivojlantirish fondi rahbari.
2000-2001yillar. O‘zbekiston pochtasi va telekomunikasiya agentligi bosh direktori birinchi o‘rinbosari.
15-avgust 2001 yil. O‘zbekiston pochtasi va telekomunikasiya agentligi bosh direktori.
30 may 2002 yil. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining axborot va telekommunikasiya texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh rahbari.
2009 yildan ilm-fan, ta’lim, sog‘liq, madaniyat, ijtimoiy soha hamda MDH davlatlari bilan aloqalarni nazorat qiladi.
2012 yil avgustdan Bosh vazir o‘rinbosari, axborotlashtirish va telekommunikasiya kompleksi rahbari.
2016 yil sentyabrdan Bosh vazir o‘rinbosari, axborot texnologiyalari va telekommunikasiya, yoshlarga oid siyosat, madaniyat savollari masalalari bo‘yicha rahbar.
Oilali, 5 nafar qizning otasi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari