date

Toshkentga yetmay samolyot aviahalokatga uchradi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor

Toshkentga yetmay samolyot aviahalokatga uchradi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor

  Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida favqulodda holatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida yirik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Bu mashg‘ulot parvozlarni qidiruv va qutqaruv ishlari bilan ta’minlash hamda aviafalokat holatida turli idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni sinovdan o‘tkazishga yo‘naltirildi. Tadbir Mudofaa vazirligining desantchilarni tayyorlash markazida amalga oshirildi va u yerda shartli aviafalokat oqibatlari bartaraf etildi.
Ma'lumotga ko‘ra, yo‘lovchi samolyoti qo‘nish arafasida havo dispetcheri bilan aloqa uziladi va bortida yo‘lovchilar bo‘lgan layner Toshkent shahriga yetmasdan halokatga uchraydi. Natijada kuchli yong‘in yuzaga keladi, shartli ravishda qurbonlar va turli darajada jarohatlanganlar paydo bo‘ladi.
Aynan shu vaziyatni bartaraf etish uchun oldindan ishlab chiqilgan reja ishga tushirildi. Mashg‘ulotlarda 250 ga yaqin malakasi yuqori mutaxassis hamda idoralararo tuzilmalarning 20 dan ziyod maxsus texnikasi qatnashdi. Ular orqali voqea joyini qidirish, yong‘inni o‘chirish va xavfsizlikni ta’minlash ishlari amalga oshirildi.
Qutqaruvchilar o‘z guruhlari tarkibida turli vazifalarni bajarishdi: yong‘inni nazoratga olish, odamlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarning jarohat darajasini aniqlab, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda tezkor ravishda shifoxonalarga yetkazish ishlari tashkil etildi. Shuningdek, samolyot bortidagi xavfli yukni evakuatsiya qilish bo‘yicha ham amaliy harakatlar olib borildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentga yetmay samolyot aviahalokatga uchradi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor