35 yilda O‘zbekistonda maktablar soni qancha ko‘paydi?

O'zbekistonda 2025/2026 o'quv yili boshida 11 118 ta umumiy o'rta ta'lim tashkiloti faoliyat yuritgan, bu 1991/1992 o'quv yilidagi 8 557 taga nisbatan 2 561 taga yoki qariyb 30 foizga ko'pdir. 2025/2026 o'quv yilidagi maktablar soni 2024/2025 o'quv yiliga nisbatan 175 taga, 2020/2021 o'quv yiliga nisbatan esa 937 taga oshgan. 2020/2021 o'quv yilidan buyon maktablar soni qariyb 9 foizga ko'paygan.
O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yili boshida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 11 118 tani tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 1991/1992 o‘quv yilidagi 8 557 ta maktabga nisbatan qariyb 30 foizga ko‘p.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, mustaqillik yillarida mamlakatdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 2 561 taga oshgan. So‘nggi yillarda ham maktablar sonida izchil o‘sish kuzatilmoqda.
Xususan, 2025/2026 o‘quv yilidagi ko‘rsatkich 2024/2025 o‘quv yiliga nisbatan 175 taga, 2020/2021 o‘quv yiliga nisbatan esa 937 taga ko‘p.
Maktablar sonining yillar kesimidagi ko‘rsatkichi quyidagicha:
1991/1992 – 8 557 ta;
1995/1996 – 9 289 ta;
2000/2001 – 9 726 ta;
2005/2006 – 9 803 ta;
2010/2011 – 9 806 ta;
2015/2016 – 9 720 ta;
2020/2021 – 10 181 ta;
2021/2022 – 10 289 ta;
2022/2023 – 10 522 ta;
2023/2024 – 10 750 ta;
2024/2025 – 10 943 ta;
2025/2026 – 11 118 ta.
Umuman olganda, so‘nggi yillardagi raqamlar mamlakatda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari tarmog‘i bosqichma-bosqich kengayib borayotganini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, 2020/2021 o‘quv yilidan buyon maktablar soni qariyb 9 foizga oshgan.






























Izohlar 0
…