date

Bog‘cha bolasi bor oilalarga xar oy 618 ming so‘m yordam puli

Bog‘cha bolasi bor oilalarga xar oy 618 ming so‘m yordam puli

Oilada bog‘chaga boradigan kichik farzandingiz bormi? 
  U holda davlatdan doimiy moddiy qo‘llab-quvvatlash olish imkoniyati mavjud. 2025 yil 31 iyulda qabul qilingan hukumat qaroriga ko‘ra, iqtisodiy jihatdan qiynalayotgan oilalarga maxsus yordam puli ajratiladi. Bu haqda hukumat rasmiy hujjatlarida qayd etilgan.
Mazkur qonun asosida moddiy yordam har oyda belgilangan tartibda 618 ming so‘m miqdorida to‘lab beriladi. Biroq ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun muayyan shartlar mavjud. Oila albatta Kambag‘allar reyestrida ro‘yxatga olingan bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, farzandning ota yoki onasidan faqat biri bor oilalargina mazkur dasturda ishtirok etishi mumkin. Masalan, bola faqat onasi bilan yashasa, ana shu toifaga kiradi.
Shartlardan yana biri — yagona ota yoki ona rasman ishga joylashgan bo‘lishi kerak. Bu degani, ish joyi haqidagi ma’lumot rasmiy hujjatlarda qayd etilgan bo‘lishi shart. Bu talab davlat tomonidan ajratiladigan yordamning adolatli va manzilli taqsimlanishini ta’minlash uchun joriy etilgan.
Bundan tashqari, farzand maktabgacha ta’lim muassasasiga — ya’ni bog‘chaga muntazam qatnashi shart. Yordam puli bola tarbiyasi uchun bevosita sarflanishini ta’minlash maqsad qilingan. Shuningdek, yordam faqat uch yoshga to‘lmagan bolalarga beriladi. Agar farzandlar egizak bo‘lsa, davlat har ikkisi uchun ham mablag‘ ajratadi.
Agar barcha talablar bajarilgan bo‘lsa, oila a’zolari har oyda 618 000 so‘mdan moddiy yordamga ega bo‘ladi. Bu esa kambag‘al oilalarning turmush darajasini ma’lum darajada yengillashtiradi va farzandlar tarbiyasi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
Moddiy yordamni olish uchun ariza berish jarayoni ham qulay yo‘lga qo‘yilgan. Fuqarolar elektron tarzda my.gov.uz portali orqali murojaat qilishi mumkin. Shuningdek, “Inson” markaziga shaxsan borib, qog‘ozda ariza topshirish imkoniyati ham mavjud. Bu orqali har bir oila o‘z sharoitiga mos ravishda murojaat yo‘lini tanlay oladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bog‘cha bolasi bor oilalarga xar oy 618 ming so‘m yordam puli