date

1-kurs talabalariga yotoqxona arizasi nega ochilmadi?

1-kurs talabalariga yotoqxona arizasi nega ochilmadi?
 Oliy ta’limga qadam qo‘ygan abituriyentlar uchun muhim masala – talabalar turar-joyiga joylashish masalasi hamisha dolzarb bo‘lib kelgan. 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari natijalari – ya’ni mandat e’lon qilingani barcha uchun kutilgan xabar edi. Ammo shu bilan birga, 1-kursga qabul qilingan yigit-qizlar orasida “Nega yotoqxona uchun ariza topshirish xizmatidan foydalana olmayapmiz?” degan savollar ko‘paydi.

Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilgan har bir yosh davlat oliy ta’lim muassasalari qoshidagi talabalar turar-joyiga joylashish imkoniyatiga ega. Bu jarayon Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki my.gov.uz portalida onlayn tarzda amalga oshiriladi. Shu tariqa talabalarga qulaylik yaratish maqsad qilingan.

Biroq hozirgi paytda 1-bosqichga kirishga tavsiya etilganlar haqidagi ma’lumotlar “Talabalar turar-joyi” axborot tizimiga kiritilish jarayoni davom etmoqda. Ya’ni texnik ishlar olib borilayotgani sababli, yotoqxona uchun ariza yuborish xizmati hali ishga tushmagan.

Rasmiy ma’lumotda aytilishicha, tizim yangilanib, zarur ma’lumotlar bazasiga to‘liq kiritilgandan so‘ng, birinchi kursga qabul qilingan abituriyentlar ariza yuborish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qachon xizmat faoliyat ko‘rsatishi haqida qo‘shimcha ma’lumot tegishli idoralar tomonidan alohida e’lon qilinadi.

Shu bilan birga, vazirlik reglamentiga ko‘ra, talabalar turar-joyiga dastlab imtiyoz va ustuvorlikka ega bo‘lgan talabgorlar qabul qilinadi. Ular joylashgandan keyin esa umumiy ro‘yxatdagi talabalarga yotoqxonada qolgan bo‘sh o‘rinlar navbat asosida taqsimlanadi.

Qayd etilishicha, 1-kursga qabul qilingan talabalar uchun yotoqxonalarning 55–65 foizigacha joy ajratilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa ko‘plab yoshlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 1-kurs talabalariga yotoqxona arizasi nega ochilmadi?