23:13 / 13.12.2016
11 334

O‘zbekistonda 8 yanvar - Prokuratura organlari xodimlari kuni deb belgilandi

O‘zbekistonda 8 yanvar - Prokuratura organlari xodimlari kuni deb belgilandi

13 dekabr kuni Toshkentda Oliy Majlis Senatining sakkizinchi yalpi majlisi ochildi. Majlisda senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdilar. Bu haqda uz24.uz xabar beradi.

Senatorlar 1992 yil 8 yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilinganligini qayd etdilar. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda prokuratura organlari tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, jamiyat hamda davlatning manfaatlarini himoya qilish, jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida katta ishlar amalga oshirilgan.

8 yanvarni – Prokuratura organlari xodimlari kuni deb belgilash ularning maqomini, prokuratura organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, ularni o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga rag‘batlantirishga ko‘maklashadi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 8 yanvar - Prokuratura organlari xodimlari kuni deb belgilandi