21 avgust kuni mamlakatimiz bo‘ylab ob-havo prognozi ma’lum qilindi. Mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, turli hududlarda harorat yuqori darajada saqlanishi va ayrim joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda.
TOSHKENT SHAHRI
Poytaxt osmoni biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik ro‘y bermaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr tezlikda esishi ma’lum qilinmoqda. Harorat kechasi 18–20 daraja, kunduzgi vaqtda esa 34–36 daraja atrofida bo‘ladi. Bu esa poytaxt aholisi uchun yana bir issiq va quruq kun bo‘lishidan darak bermoqda.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli tarzda kechadi. Yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Shamol sharq tomondan sekundiga 7–12 metr tezlikda esishi bashorat qilingan. Harorat tun davomida 17–22 daraja, kunduz kunlari esa 33–38 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Osmon biroz bulut bilan qoplanishi mumkin, ammo yomg‘ir yog‘maydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda shamol kuchayib, 13–18 m/s gacha yetishi va natijada chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin. Harorat kechasi 17–22 daraja, kunduzi esa 35–40 darajagacha ko‘tariladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX VA SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli va ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yomg‘ir kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi va chang ko‘tarilishi mumkin. Harorat kechasi 17–22 daraja, kunduzi esa 32–37 daraja atrofida bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo nisbatan barqaror, bulutli bo‘lishi mumkin, ammo yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda shamol kuchayib 13–18 m/s gacha yetishi va changli shamollar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzgi paytda esa 35–40 darajagacha ko‘tariladi.
ANDIJON, NAMANGAN VA FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli va ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yomg‘ir kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esishi bashorat qilingan. Harorat kechasi 17–22 daraja, kunduzi esa 30–35 daraja bo‘lishi ehtimol qilinadi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli va sokin bo‘lishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esishi mumkin. Ayrim hududlarda shamolning kuchi 13–18 m/s gacha yetishi ehtimol qilinmoqda. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi esa 25–30 daraja atrofida bo‘ladi.
21-avgustda kutilayotgan ob-havo prognozi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar