date

Saida Mirziyoyeva Mehribon Aliyevani samimiy maktub bilan tabrikladi

Saida Mirziyoyeva Mehribon Aliyevani samimiy maktub bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon vitse-prezidenti va Prezident Ilhom Aliyevning turmush o‘rtog‘i Mehribon Aliyevani tavallud kuni bilan muborakbod etib, unga samimiy maktub yo‘lladi. Bu haqida Azertac nashri xabar berdi.

Mirziyoyeva o‘z maktubida Aliyevani ko‘p qirrali shaxs sifatida yuqori baholab, uni nafaqat jamoat va davlat arbobi, balki mehribon rafiqa va ona sifatida ham e’tirof etishini qayd etdi.

“Hurmatli Mehribon Orifovna, tug‘ilgan kuningiz munosabati bilan sizni chin qalbdan tabriklayman. Sizni jamoat va davlat arbobi sifatida, shu bilan birga, oila bag‘rida mehribon rafiqa va ona sifatida ham doimo qoyil qolib kuzataman”, — deb yozdi u.

Saida Mirziyoyeva maktubida Aliyevaning ezgu amallari va fidokorona mehnati ortidan nafaqat Ozarbayjon, balki O‘zbekiston va dunyoning ko‘plab davlatlarida ham chuqur hurmat qozonganini ta’kidladi.

“Siz o‘zingizning sof qalbingiz va xayrli ishlaringiz bilan butun Ozarbayjon xalqining muhabbatini qozongansiz. Shu bilan birga, O‘zbekiston va jahonning ko‘plab mamlakatlarida ham sizga chuqur hurmat va e’tibor bildiriladi. Ushbu qutlug‘ kunda sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va barcha ezgu tashabbuslaringizni amalga oshirish uchun cheksiz kuch-quvvat tilayman”, — deya fikrini yakunladi Mirziyoyeva.

Ma’lumot uchun, Mehribon Aliyeva 1964 yil 26 avgust kuni Boku shahrida tug‘ilgan. U dastlab tibbiyot sohasida tahsil olgan va 2017 yildan buyon Ozarbayjon vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritmoqda. Ilhom Aliyev bilan 1983 yilda oila qurgan Aliyevalar uch nafar farzand — Leyla, Orzu va Haydarning ota-onasi hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Saida Mirziyoyeva Mehribon Aliyevani samimiy maktub bilan tabrikladi