date

Bayramona kayfiyat: Toshkentda mustaqillik tantanalari o‘tkaziladigan joylar

Bayramona kayfiyat: Toshkentda mustaqillik tantanalari o‘tkaziladigan joylar

Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan poytaxtning turli hududlarida o‘tkaziladigan katta bayram tadbirlari ro‘yxatini e’lon qildi. Mazkur marosimlar shahar aholisi va mehmonlari uchun ko‘ngilochar dasturlar, kontsertlar hamda turli madaniy ko‘ngilochar tadbirlar bilan boyitiladi.

Hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirlar turli manzillarda belgilangan vaqtларда boshlanadi. Shu tariqa poytaxt aholisi va mehmonlari o‘zlariga qulay hududda bayramona kayfiyatni his qilishlari mumkin bo‘ladi.

12:00 da start oladigan marosim:

  • Yunusobod tumani — “Uzexpomarkaz” maydoni.

18:00 da boshlanadigan tadbirlar:

  • Bektemir tumani — “Coca Cola Garden” bog‘i;

  • Mirobod tumani — “Furqat” bog‘i;

  • Sergeli tumani — Sergeli markaziy xiyoboni;

  • Olmazor tumani — River Park maydoni;

  • Uchtepa tumani — “Eco Seul” bog‘i;

  • Chilonzor tumani — Dream Park (G‘afur G‘ulom bog‘i);

  • Shayxontohur tumani — “Navro‘z” bog‘i;

  • Yangihayot tumani — “Yangi Darxon” mahallasi, 45–46 uylar oldidagi maydon.

19:00 da boshlanadigan tadbirlar:

  • Mirzo Ulug‘bek tumani — “Mirzo Ulug‘bek” istirohat bog‘i (Central Park);

  • Yashnobod tumani — “Ashxobod” istirohat bog‘i;

  • Yakkasaroy tumani — “Do‘stlik” istirohat bog‘i.

Tadbirlar davomida ishtirokchilarni bayramona kontsert dasturlari, rang-barang shou namoyishlari va xalqona sayllar kutmoqda. Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan ushbu marosimlar yurtdoshlarimizga birgalikda quvonch va iliq xotiralar taqdim etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bayramona kayfiyat: Toshkentda mustaqillik tantanalari o‘tkaziladigan joylar