O‘zbekistonda xorijiy furalar uchun yangi tariflar belgilandi

O‘zbekistonda xorijiy furalar uchun yangi tariflar belgilandi
Qisqacha

O'zbekiston hududida harakatlanadigan og'ir va yirik yuk mashinalari uchun yangi tariflar kuchga kirdi. To'lov miqdori yuk mashinasining ruxsat etilgan og'irligidan ortiqcha tonnalariga qarab belgilanadi: 5 tonnagacha ortiqcha yuk uchun 330 so'm, 20 tonnagacha 1 730 so'm, 50 tonnadan yuqori yuk uchun esa 17 386 so'm undiriladi.

O‘zbekiston hududida harakatlanadigan og‘ir va yirik yuk mashinalari uchun yangi tariflar kuchga kirdi. Bu haqda Kursiv.media xabar berdi.

Yangi tartibga ko‘ra, to‘lov miqdori yuk mashinasining ruxsat etilgan og‘irligidan ortiqcha tonnalariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, 5 tonnagacha ortiqcha bo‘lsa — 330 so‘m, 20 tonnagacha — 1 730 so‘m, 50 tonnadan yuqori bo‘lsa — 17 386 so‘m undiriladi.

Shuningdek, “Litsenziya” tizimida arizalarni ko‘rib chiqish va yo‘nalishlarni kelishish uchun ham yangi narxlar joriy etildi. Dastlabki 100 km uchun 222 ming so‘m to‘lanadi, keyingi har bir km esa 989 so‘mdan hisoblanadi.

Bungacha bu to‘lovlar dollar bilan belgilanib, 100 km uchun 25 dollar, keyingi km uchun 0,11 dollarni tashkil etardi. Endilikda esa hisob-kitob milliy valyutada amalga oshiriladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar