date

Alisher Usmonovning Toshkentdagi uyi videosi internetga chiqarildi

Alisher Usmonovning Toshkentdagi uyi videosi internetga chiqarildi

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar va kadetlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etish uchun kelgan Xalqaro qilichbozlik federasiyasi prezidenti Alisher Usmonovning Toshkentdagi uyining videosi internetga chiqarildi.

2014 yil avgust oyida internetga tarqalgan videoda dizaynida o‘zbek milliy bezaklaridan faol foydalanilgan hashamatli uy aks etgan. Uy rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga tegishli ekanligi aytilgan, biroq bu borada rasmiy ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun, Namangan viloyatining Chust tumanida tug‘ilgan Alisher Usmonov bugungi kunda Rossiyaning va dunyoning eng yirik milliarderlaridan biri hisoblanadi.

Manba: Daryo.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Alisher Usmonovning Toshkentdagi uyi videosi internetga chiqarildi