7 sentyabr kuni osmondagi hayratlanarli astronomik voqea — Oyning to‘liq tutilishi sodir bo‘ladi. Bu yilgi tutilish so‘nggi uch yilda ro‘y bergan eng uzoq davom etuvchi tutilish sifatida e’tirof etilmoqda.
Ta’kidlanishicha, soat 20:28 da (Toshkent vaqti) Oy Yerning soyasiga kirib, tutilish jarayoni 8 sentyabr, soat 01:55 gacha davom etadi. Qariyb bir yarim soat davomida osmonni «Qonli Oy» tusi qamrab oladi — bu shunga bog‘liqki, yorug‘lik nuri atmosferada singani tufayli, Oy qizil va hayratlanarli rangda namoyon bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Oyning oxirgi to‘liq tutilishi yetti yil avval kuzatilgan edi. Shu sababli, bu voqea astronomiya va osmonni kuzatishni sevuvchilar uchun juda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
«Topor» telegram-kanali tomonidan taqdim etilgan maxsus xarita orqali Oy tutilishi qachon va qayerda ko‘rinishini aniq ko‘rish mumkin. Xaritaga ko‘ra, O‘zbekiston qizil rang bilan belgilangan — bu esa mamlakat aholisi uchun «Qonli Oy»ni osmondagi aniq guvohlik bilan kuzatish imkonini beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!